Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik talaba Barselonada o‘tayotgan MWC 2024 doirasidagi Seeds Tour’da ishtirok etmoqda

O‘zbekistonlik talaba Barselonada o‘tayotgan MWC 2024 doirasidagi Seeds Tour’da ishtirok etmoqda

Umid Abduhakimov MWC 2024 da

Toshkentdagi Amiti Universiteti talabasi Barselonada o‘tayotgan 2024 Butunjahon Mobil Kongressida ishtirok etmoqda. Seeds for the Future 2023 ta’lim loyihasi qatnashchisi bo‘lgan Umid Abduhakimov Huawei kompaniyasi tomonidan dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan talabalar uchun kongress kunlarida tashkil etilgan MWC Seeds Tour tur ishtirokchilari safiga qo‘shildi.

2024 yil 26 fevral kuni Barselonada aloqa sohasidagi eng yirik tadbir – GSMA Assotsiatsiyasi Butunjahon Mobil Kongressi (MWC) boshlandi. MWCning birinchi kunida Huawei kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan «Talent Summit: Nurturing excellence in a digital world» sammiti ITU va YuNESKO kabi xalqaro tashkilotlar, davlat sektori hamda ta’lim muassasalari vakillari uchun iqtidorlarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni muhokama etish uchun o‘ziga xos maydonga aylandi. Tadbirda shuningdek Seeds Tour ta’lim turi ishtirokchilari – 24 mamlakatdan kelgan 38 nafar talaba ham qatnashdi.

Sammit qatnashchilari bu yilgi MWC’ning asosiy mavzulariga rioya etgan holda, AKT sohasida iqtidor egalarining raqamli inklyuzivlik va sohaning barqaror taraqqiyotiga naqadar hissa qo‘shayotganini muhokama qildilar, yosh avlodning kreativ innovatsiyalari va yetakchilik ko‘nikmalari, ayollarning texnologiyalar sohasida erishgan ulkan yutuqlari va muvaffaqiyatli loyihalari, shuningdek Huawei kompaniyasi va kompaniya hamkorlari ta’lim dasturlarini amalga oshirish borasidagi tajribasi bilan tanishdilar. Sammitda Huawei kompaniyasi 2024 yilda iqtidor egalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bir qator ta’lim tashabbuslarini ishga tushirishini ma’lum qildi.

«Huawei butun dunyo bo‘ylab raqamli texnologiyalar bo‘yicha iqtidor egalarini rivojlantirish bilan anchadan beri shug‘ullanadi. Men hamkorlar bilan birgalikdagi loyihalarning muvaffaqiyatli amalga oshayotganidan juda mamnunman. Umid qilaman-ki, o‘z dasturilarimizga yanada ko‘proq insonlarni qamrab olishga erishamiz. Bir-birimizni qo‘llab-quvvatlash va aloqalarni mustahkamlash orqali biz yaxlit, butun bir kuchga aylanamiz va inklyuziv raqamli kelajakni shakllantiramiz», – deya ta’kidladi Viki Chjan o‘z nutqida.

Viki Chjan va Namibiyadan Tech4Good tanlovining Oltin mukofoti g‘oliblari

Huawei kompaniyasi o‘zining global ta’lim tashabbusi Seeds for the Future 2.0 tadbirini O‘zbekistonda amalga oshirar ekan, mahalliy iqtidor egalari uchun AKT sohasida o‘z salohiyatlarini namoyon etish, ilg‘or texnologiyalarni o‘rganish, xalqaro tadbirda ishtirok etish kabi imkoniyatlarni yaratmoqda. Toshkentdagi Amiti Universiteti talabasi va Seeds for the Future 2023 qatnashchisi Umid Abduhakimov kongress kunlari talabalar uchun Huawei tomonidan tashkil etilgan MWC Seeds Tour’ga taklif etildi. Sammitda ishtirok etish bilan bir qatorda talabalar MWC ko‘rgazmasi va Huawei stendi orqali ilg‘or texnologiyalar bilan tanishadilar va shuningdek, Barselonaning diqqatga sazovor joylarini tomosha qiladilar. Bu o‘zbekistonlik talabalar qatnashayotgan ikkinchi Seeds Tour tadbiri bo‘lib qolmoqda. 2023 yil dekabr oyida Tech4Good global tanlovining sakkiz nafar sovrindori COP-28 tadbirlari doirasida BAAning Dubay shahrida bo‘lgan edilar.

«IT yo‘nalishi talabasi sifatida men uchun bu tadbir ilg‘or texnologiyalar bilan yaqindan tanishishga ajoyib imkoniyat. Barselonaga sayohat va MWC kabi nufuzli tadbirda ishtirok etish meni yangi texnologiyalarni o‘rganish va IT-mutaxassis sifatida rivojanishga ilhomlantiradi. Men Huawei kompaniyasidan taqdim etilgan imkoniyatlar va unutilmas tajriba uchun cheksiz minnatdorman», - dedi Umid.

«Iqtidorlarni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Biz yoshlar uchun texnologiyalarni o‘rganish va AKT sohasining turli ishtirokchilari bilan MWC kabi dunyo miqyosidagi muloqot maydonlarida tajriba almashish imkonini yaratayotganimizdan mamnunmiz. Talabalarimizning Seeds for the Future 2023 loyihasidagi yutuqlarini hisobga olsak, o‘tgan yil yoshlarning tadqiqotchilik va ijodiy salohiyatini, yetakchilik qobiliyatini, shuningdek ijtimoiy va iqlimiy masalalarga raqamli texnologiyalar yordamida yechim topishga bo‘lgan intilishlarini kashf etish nuqtai nazaridan omadli bo‘ldi. Biz mahalliy iqtidorlar uchun yanada ko‘proq imkoniyatlar yaratish uchun mamlakatdagi OTMlar va davlat sektori bilan hamkorlikni davom ettiramiz», – deya ta’kidladi Huawei kompaniyasining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha O‘zbekistondagi menedjeri Aleksandra Nabiyeva.

Barselonadagi 2024 Butunjahon Mobil Kongressi 26–29-fevral kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Huawei kompaniyasi o‘z yechimlarini Fira Gran Via ko‘rgazmalar majmuasining birinchi pavilonidagi 1H50 stendda namoyish etadi va shuningdek, O‘zbekistondan tashrif buyurgan davlat idoralari, aloqa operatorlari va ekotizim bo‘yicha sheriklarining vakillarini ham qabul qiladi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring