O‘zbekistonliklar 5 oyda milliondan ortiq Xitoy smartfonlarini xarid qilgan

O‘zbekistonga 2025-yilning yanvar-may oylarida xorijdan qiymati 159 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 1 562,2 ming dona mobil telefon import qilingan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 37,8 ming dona yoki 2,5 foizga oshgan.
O‘zbekistonga 2025-yilning 5 oyida eng ko‘p mobil telefon yetkazib bergan davlatlar:
- Xitoy – 1 193,9 ming dona;
- Vetnam – 304,5 ming dona;
- BAA – 47,3 ming dona;
- Hindiston – 15,6 ming dona;
- Boshqa davlatlar – 0,9 ming dona.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter