Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning AKT sohasi vakillari Barselonadagi MWC 2024 tadbirida Huawei’ning ilg‘or yechimlari bilan tanishdilar

O‘zbekistonning AKT sohasi vakillari Barselonadagi MWC 2024 tadbirida Huawei’ning ilg‘or yechimlari bilan tanishdilar

Ispaniyaning Barselona shahrida GSMA Assotsiatsiyasining har yilgi Butunjahon mobil kongressi (MWC 2024) ish boshladi. Kongress doirasidagi tadbirlarning asosiy mavzusi to‘liq 5G qoplamni ta’minlovchi texnologiyalar va aloqa vositalari, sun’iy intellekt, industriya va ishlab chiqarish sohalarini raqamlashtirish kabi masalalardan iborat bo‘ldi. Butun dunyodan, jumladan O‘zbekistondan tashrif buyurgan delegatsiyalar forum va konferensiyalarda qatnashadilar, shuningdek eng katta innovatsiyalar ko‘rgazmasida bo‘ladilar.

Huawei kompaniyasi MWC’ning doimiy ishtirokchisi bo‘lib, an’anaviy tarzda butun dunyoning AKT industriyasi vakillari uchun qator tadbirlarni o‘tkazadi. Kongressning birinchi kunida Raqamli texnologiyalar vazirligi, tegishli tashkilotlar va mahalliy aloqa operatorlari vakillaridan tarkib topgan delegatsiya Huawei stendida bo‘lib, 5G va 5.5G ilg‘or texnologiyalari, mazkur yechimlarning ma’lumotlar bazasida jamlangan personallashtirilgan foydalanuvchi tajribasi, aloqa operatorlari hamda ekotizim bo‘yicha hamkorlarga muvaffaqiyat keltira oladigan universal biznes-modellar va sanoat ilovalari bilan tanishdilar.

«5G 2019 yilda dastlab joriy etilgan paytidan boshlab bugungacha bo‘lgan taraqqiyoti dunyo mamlakatlarida raqamli iqtisodiyotni shakllantirishda muhim ahamiyatga yega. 2024 yil bu yo‘ldagi muhim bosqichga aylanadi, chunki AKT industriyasi 5G biznesining o‘sishini qo‘llab-quvvatlash va 5G-Advanced davrini yaqinlashtirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi. O‘zbekistonda ekotizimni AKT vakillari tomonidan ilg‘or yechimlarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish tobora kuchaymoqda, shu bois bunday maqomdagi tadbirlardagi ishtirok Raqamli O‘zbekistonni rivojlantirish imkoniyatlari chegarasini kengaytirishga xizmat qiladi. O‘zbekistonda 25 yildan buyon faoliyat yuritib kelarkanmiz, biz 5Gning global miqyosdagi yutuqlari bilan bo‘lishish va mamlakatda raqamli infratuzilmalarni yanada mustahkamlash imkoniyatlarini birgalikda ko‘rib chiqish mumkinligidan mamnunmiz», - deya fikr bildirdi Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi direktori Chen Szyakay.

Delegatsiyaning Huawei kompaniyasi ko‘rgazma zonasiga tashrifi chog‘ida Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasi vitse-prezidenti Van Shunli bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uzoq muddatli hamkorlik, shuningdek bu hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokamasida asosiy mavzu O‘zbekistonda raqamli infratuzilmani mustahkamlash, 5G texnologiyalarini joriy etish, uzluksiz qoplamni ta’minlash, va shuningdek, raqamli rivojlantirish orqali O‘zbekistonning investitsion jozibadorlik reytingini oshirish bo‘yicha istiqbolli loyihalar bo‘ldi. Taraflar O‘zbekistondagi Huawei kompaniyasining ko‘p sonli texnologik hamkorlarini jalb etish hisobiga mamlakatda sheriklik ekotizimini rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi o‘zaro birdamlikni tasdiqladilar. Delegatsiya vakillari shuningdek IT Parkning global arenadagi so‘nggi yutuqlari bilan bo‘lishdilar va IT Parkning bunday tadbirlardagi ishtiroki xorij kompaniyalarini O‘zbekistonda biznes yuritishga qiziqtirishda muhim ekanini qayd etdilar.

Barselonadagi 2024 Butunjahon Mobil Kongressi 26–29-fevral kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Huawei kompaniyasi o‘z yechimlarini Fira Gran Via ko‘rgazmalar majmuining birinchi pavilonidagi 1H50 stendida namoyish etyapti. Batafsil ma’lumot olish va Huawei tadbirlarida onlayn ishtirok etish uchun quyidagi havolaga o‘tishingizni so‘raymiz: https://carrier.huawei.com/en/events/mwc2023

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring