«O‘zbektelekom» AK: O‘zbekistonda telefon raqamlari 2018-yil mobaynida to‘qqiz xonali tizimga o‘tkaziladi
O‘zbekistonning to‘qqiz xonali numeratsiya tizimiga o‘tishi haqidagi ma’lumotlar internet nashrlarda keng tarqaldi. «O‘zbektelekom» kompaniyasi o‘zining «Facebook»dagi sahifasida bu ma’lumotlarga izoh berdi.
Mamlakatimizda to‘qqiz xonali numeratsiya tizimiga o‘tish qarori Xalqaro telekommunikatsiya ittifoqining tavsiyasi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan «O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlari numeratsiya tizimi va rejasi to‘g‘risida»gi hujjat talablari asosida qabul qilindi.
2018-yil mobaynida telefon raqamlari ikkita qo‘shimcha raqamga uzayadi va avval odatda terilmagan hudud kodi qo‘shib teriladi. Shu tarzda shaharlararo telefon raqamlarini terish jarayoni soddalashadi.
Mobil raqamga qo‘ng‘iroq qilish uchun ham abonentning telefoniga kod qo‘shilib teriladi.
Yetti xonali raqamdan to‘qqiz xonalisiga o‘tish – bu vaqt talabi. Bu mobil operatorlarda raqam diapazoni deyarli tugagani, aloqa xizmatlariga esa talab kun sayin ortib borayotgani bilan izohlanadi.
Ta’kidlash joizki, bir necha yil avval favqulodda shoshilinch xizmatlar raqamlari kombinatsiyasi yuqoridagi hujjat doirasida o‘zgargan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter