Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbektelekom» internetga ulanish uchun onlayn arizalarni qabul qila boshladi

«O‘zbektelekom» internetga ulanish uchun onlayn arizalarni qabul qila boshladi

Foto: «O‘zbektelekom» AK

«O‘zbektelekom» AK keng polosali aloqa xizmatlariga ulanish uchun sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislariga tashrif buyurmay, onlayn tarzda ariza berish imkoniyatini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Endilikda keng internetga ulanish uchun murojaat qiluvchi muayyan mijozlarning arizalari bevosita «1084» qisqa raqami bo‘yicha Axborot markaziga qo‘ng‘iroq qilish, shuningdek kompaniya rasmiy saytining «Onlayn dastur» bo‘limi orqali qabul qilinadi.

Qayd etilishicha, «O‘zbektelekom» AKning hududiy bo‘linmalari Axborot markazidan arizalar qabul qilingan kundan boshlab telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha Shartnomani bajarish uchun 1 ish kunidan kechiktirmasdan joylarga chiqqan holda xizmatga ulanishni tashkil etishga buyurtma beradilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring