Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbektelekom». Yangilanish va o‘zgarishlar rahbarlardan boshlanadi (video)

«O‘zbektelekom». Yangilanish va o‘zgarishlar rahbarlardan boshlanadi (video)

Foto: «Xabar.uz»

«O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi barcha filiallari direktorlari hamda bosh hisobchilari uchun to‘rt kunlik maxsus o‘quv kursi tashkil qildi. Bu galgi tadbir avvalgilaridan ancha farq qiladi. Tinglovchilar zerikarli ma’ruzalar eshitayotgani yo‘q. Chunki ma’ruzachilarning o‘zi anoyilardan emas: taniqli siyosatshunoslar, sotsiologlar, yuristlar, iqtisodchilar, moliyachilar, marketingchilar, sug‘urtachilar va psixologlar... Hammalari quruq, hissiz, bir qolipdagi gaplarni takrorlashdan ko‘ra, top ma’noda master-klasslar o‘tishyapti!

Kompaniya matbuot xizmati «Xabar.uz»ga bildirishicha, bu shunchaki belgilangan rejani ado etish uchungina tashkil etilgan oddiy o‘quv emas. Balki katta o‘zgarishlar tomon tashlangan qadam. Zamon shuni talab qilyapti-da: faoliyatingda burilish yasab, yangi-yangi o‘zgarishlar qilmasang, boshqalarning changida qolib ketishing tayin. Buning uchun avvalo tizimning katta-kichik rahbari o‘z ishiga oddiy iste’molchi nazari bilan yondashishi talab etiladi. Shundagina bor mijozni saqlab qolish deysizmi yoki kompaniyaga sarmoya jalb etishmi, bir so‘z bilan aytganda, tizim rivojiga sabab bo‘luvchi omillarning o‘zi «mana man» deb chiqib kelaveradi.

Maxsus-o‘quv kursiga ochilishiga O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov kelib, kompaniya muammolari va oldida turgan vazifalarga to‘xtalgani ham bejizga emas. Chunki, bugungi talablarga munosib takliflar shunday mashvaratlarda tug‘iladi.

Foto: «Xabar.uz»
Foto: «Xabar.uz»
Foto: «Xabar.uz»
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring