«O‘zbektelekom»ning yangi bosh direktori haqida nimalarni bilamiz?

Farhod Ro‘ziyev.
«O‘zbektelekom» kompaniyasi bosh direktorligiga Farhod Ro‘ziyev tayinlangani haqida xabarlar chiqqan edi. Bugun, 26-fevral kuni kompaniya saytida bu bo‘yicha rasmiy axborot tarqatildi.
Qayd etilishicha, Ro‘ziyev Farhod Zafarovich «O‘zbektelekom» AK bosh direktori v.v.b etib tayinlangan va 2017-yilning fevralidan buyon ushbu lavozimda ishlab kelayotgan Shuhrat Qodirovning o‘rnini egallagan.
Farhod Ro‘ziyev 1979-yil 26-mart kuni tug‘ilgan. 2000-yili Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Xalqaro iqtisodiy aloqalar fakultetini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2000-yili «Sarkor Telecom» kompaniyasida boshlagan va kompaniya menejerligidan bosh direktorligigacha ko‘tarilgan.
2007-yilda «Winncom Technologies Corp» kompaniyasining Markaziy Osiyo va Ukrainadagi biznesini rivojlantirish bo‘yicha hududiy direktori vazifasida ishlagan.
2011-2012-yillarda «O‘zbektelekom» AKga ishga kirib, «Uzonline» loyihasiga rahbarlik qilgan, shuningdek «Uzmobile» filiali direktori bo‘lgan.
O‘zbek, rus va ingliz tillarida erkin so‘zlasha oladi.
Uylangan, ikki nafar farzandi bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter