Parollarni o‘g‘irlashning yana bir yo‘li topildi
Kaliforniya universiteti tadqiqotchilari parollarni o‘g‘irlashning yana bir usulini aniqlashdi. Buning uchun issiqlik kamerasi bo‘lsa kifoya.
Sinov chog‘i 31 nafar ko‘ngilli klaviaturada 10 xil parolni kiritdi, keyin esa klaviatura issiqlik kamerasida suratga olindi. Buning natijasida shu narsa oydinlashdiki, kamera 30 soniya ichida barmoqlarning issiq izlarini qayd eta oldi va aksariyat hollarda mutaxassislar terilgan parollarni tiklay olishdi.
Odatda bu usul ikki holatda ish beradi: parol tashqi klaviaturada terilgan bo‘lsa (chunki noutbuklarning klavishlari shundoq ham issiq bo‘ladi) va parol simvollari ekranga emas, balki klavishlarga qarab turib yozilgan bo‘lsa ( bu usulda yozuvchilarning boshqa barmoqlari ham klavishlarga tegib turadi).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter