Pavel Durov WhatsAppni ko‘chirmakashlikda aybladi

Bir oyda 1 milliarddan ziyod foydalanuvchi Telegram orqali muloqot qilmoqda. Messenjer o‘zaro xabar almashishga mo‘ljallangan ilovalar orasida (Xitoyning WeChat messenjerini istisno qilganda) ommaviyligi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi, dedi Pavel Durov.
Uning ta’kidlashicha, Telegram 2024-yil yakunlari bo‘yicha 547 million dollar foyda oldi.
Kuniga har bir foydalanuvchi Telegramni o‘rtacha 21 marta ochadi va 41 daqiqani ilovadan foydalanish bilan o‘tkazadi. Bu borada faqat WhatsApp Telegramdan oldinda.
Durovning aytishicha, WhatsApp ko‘p yillardan buyon Telegram innovatsiyalarini ko‘chirishga urinib, milliardlab dollarlarni lobbi va PR-kampaniyalariga sarflamoqda, biroq omad undan yuz o‘girdi.
«Telegram o‘sdi, foydaga kirdi, raqobatchisidan farqli ravishda — mustaqilligini saqlab qoldi. Bu hali boshlanishi», — dedi messenjer asoschisi.
Bir necha kun avval sud Pavel Durovga Fransiyani tark etishga ruxsat bergan va u Dubayga yetib kelgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter