Politsiyachilar «iPhone»larni ularning egasi vafot etgach blokdan chiqara oladi

Politsiyachilarga jinoyatchining «iPhone» smartfonini blokdan chiqarishga ruxsat berish borasidagi bahs-munozaralar hamon davom etmoqda. «Apple» bu borada bir ovozdan «yo‘q» javobini berdi. Biroq jinoyatchi (yoki oddiy fuqaro) vafot etgudek bo‘lsa, politsiya «Touch ID» yoki «Face ID»dan foydalangan holda uning smartfoniga kirishga to‘laqonli haqli, deb xabar berdi «Hi-tech.mail.ru».
San-Bernardinoda sodir bo‘lgan otishmadan so‘ng, «Apple» texnik jihatdan o‘z «iPhone»larini blokdan chiqara olmasligini, chunki foydalanuvchilarning shifr kalitlarini saqlamasligini ma’lum qilgandi. Ammo manbalarning tasdiqlashicha, endilikda smartfon egasi o‘lgan bo‘lsa, politsiyaga «Apple»ning yordam kerak emas. Unga shunchaki marhumning barmog‘i yoki boshi kerak (smartfoni «iPhone X» bo‘lgan holatlarda).
O‘lgan insonning barmog‘idan foydalangan holda «iPhone»ni blokdan chiqarish mumkinmi? Federal qidiruv byurosi 2016-yilda buni uddalay olmagandi, ammo yangi ma’lumotlarga ko‘ra, politsiya ushbu usuldan muntazam foydalanib kelmoqda.
Aksariyat yuristlarning ta’kidlashicha, bu kabi harakatlar qonuniy hisoblanadi. Chunki vafot etgan inson shaxsiy dahlsizlik huquqiga ega bo‘lmaydi.
Mish-mishlarga ko‘ra, sud tibbiyoti ekspertlari xakerlar bilan birgalikda «Face ID»ni buzib o‘tish ustida ham ish olib bormoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter