Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qachon Marsga uchamiz?». Ilon Mask eng ko‘p beriladigan savolga javob qaytardi

«Qachon Marsga uchamiz?». Ilon Mask eng ko‘p beriladigan savolga javob qaytardi

Foto: «YouTube»

«SpaceX» kompaniyasi asoschisi Ilon Mask 2,5 soatlik intervyu berdi, suhbat davomida insoniyat nihoyat Marsga parvoz qilishga qachon tayyor bo‘lishiga ham aniqlik kiritib o‘tildi. Bu haqda «Futurism» yozmoqda.

Savol berilganidan keyin 20 soniyacha o‘ylanib turgan Maskning javobi shunday bo‘ldi: «Uzog‘i bilan — 10 yilda». Biz sayyoralararo turga aylanishimiz kerak, qo‘shimcha qildi u.

Maskning ta’kidlashicha, ko‘p martalik «SpaceX Starship» raketasi shu paytgacha qurilgan raketalar orasida eng murakkabi. U odamlarni Marsga xavfsiz eltishi kerak.

Hozirda «SpaceX» astronavtlarni Xalqaro kosmik stansiya (XKS)ga muntazam eltmoqda, «Starship» raketasi esa NASA astronavtlarini Oyga eltish dasturiga qo‘shildi.

Ta’kidlab o‘tish kerak, Maskning «o‘n yili»da Marsni o‘zlashtirish emas, balki bu sayyoraga fazogirlar yoki tadqiqotchilar missiyasining ilk qadam qo‘yishi nazarda tutilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring