Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qimmat bo‘lmagan sifatli smartfonni qanday tanlash kerak? Ekspertlar buning sirini ochdi

Qimmat bo‘lmagan sifatli smartfonni qanday tanlash kerak? Ekspertlar buning sirini ochdi

Foto: «iReactor»

Ekspertlar mashhur brendlarning mahsulotlaridan sifat darajasida qolishmaydigan, ammo narxi ancha arzon flagmanlarga e’tibor qaratish kerakligini maslahat berishdi, deb xabar berdi «iReactor».

Qimmat bo‘lmagan, biroq sifatli smartfonlar qatorida «ZTE», «Huawei», «Xiaomi», «Meizu», «OnePlus», «Asus» mahsulotlari misol keltirildi. Sifatli foto suratga olishni istovchilarga ekspertlar «Huawei» va «OnePlus»ni tavsiya qiladi.

Protsessorlarga kelga kelganda, mutaxassislar agar gadjed «Full HD»ga ega bo‘lsa, yaxshi ishlashi uchun «Qualcomm Snapdragon»ning 6xx seriyalardagi protsessorlari yetarli bo‘lishini ta’kidlashmoqda. Dasturining (proshivka) optimalligi bilan «ZTE», «Huawei», «Xiaomi», «Meizu» va «Lenovo» flagmanlari maqtana oladi.

Agar qimmat smartfon xarid qilishga yetarli mablag‘ bo‘lmasa, bemalol «Xiaomi Redmi Note 5A» yoki «Redmi 4X» yoki «Meizu m5c»ga to‘xtalish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring