Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirqqa yaqin kompaniya IT-Park rezidenti maqomidan mahrum etildi

Qirqqa yaqin kompaniya IT-Park rezidenti maqomidan mahrum etildi

Foto: «Xabar.uz»

Direksiya oldidagi majburiyatni bajarmaganligi uchun 40 ga yaqin kompaniya IT-Park rezidenti maqomidan mahrum etildi.

Qayd etilishicha, rezidentlar o‘z faoliyatini Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 iyuldagi 589-son qarori talablari asosida amalga oshirishi hamda IT-Park rezidenti faoliyati shartlari to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq o‘z majburiyatlarini bajarishlari shart.

Xususan, IT-Park rezidentlarining majburiyatlariga quyidagilar kiradi:

  • faqat ro‘yxatdagi faoliyat turlariga asoslangan biznes-rejada ko‘rsatib o‘tilgan faoliyat turlarini amalga oshirish;
  • har chorakda, IT-Park Direksiyasiga o‘z faoliyati to‘g‘risida ma’lumot taqdim etish;
  • har yili moliyaviy-xo‘jalik faoliyati auditini o‘tkazish va auditorlik xulosasining bir nusxasini IT-Park Direksiyasiga yuborish;
  • rezident IT-Park Direksiyasi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega.

Nizom talablarini bajarmagan rezidentlar IT-Park rezidenti maqomidan mahrum etiladi, soliq imtiyozlari esa bekor qilinib, belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga to‘lash majburiyatlari tiklanadi.

Bundan tashqari, 79 kompaniyaning auditorlik xulosasi Nizom talablariga muvofiq bo‘lmaganligi sababli xulosani qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha hamda auditorlik xulosasi belgilangan shaklga muvofiq taqdim etilmasa, IT-Park rezidenti maqomidan mahrum etish bo‘yicha xabarnoma yuborilgan.

IT-Park rezidenti maqomi ma’lum afzalliklarni beradi. Xususan, rezident kompaniyalar 2028 yil 1 yanvarga qadar barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalarni, shuningdek, ijtimoiy soliqni to‘lashdan ozod etilgan. Shu bilan birga, ish haqi daromadidan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 7,5 foiz miqdoridagi yagona stavka bo‘yicha soliqqa tortiladi.

Bundan tashqari, rezidentlarga quyidagi imtiyozlar beriladi:

  • xorijiy ta’sischilar uchun xorijiy valyutada dividendlar to‘lash - 5%;
  • chet ellik xodimlarga ish haqini xorijiy valyutada to‘lash;
  • chet ellik mutaxassislardan ishlash uchun ruxsatnoma talab etilmaydi;
  • IT-Park Direksiyasi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq Virtual ofis xizmatidan foydalangan holda faoliyatni amalga oshirish;
  • eksport shartnomasisiz eksport xizmatlari;
  • yillik eksport hajmi 20 000 000 AQSh dollaridan oshganda IT-Park rezidentlarining ajratmalari 1 foizdan 0,5 foizgacha pasaytiriladi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda IT-Park rezidentlari soni 707 nafar (IT-kompaniya)ni tashkil etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring