Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘ng‘iroq qilib bo‘lmaydigan g‘alati smartfon ishlab chiqarildi. Nega kerak? (video)

Qo‘ng‘iroq qilib bo‘lmaydigan g‘alati smartfon ishlab chiqarildi. Nega kerak? (video)

Foto: XREAL

Xitoyda g‘ayriodatiy smartfon ishlab chiqarildi, deb yozmoqda NotebookCheck.

Xreal Beam Pro deb nomlangan bu qurilma ko‘rinishidan zamonaviy smartfonni eslatsa-da, unda telefon funksiyasi yo‘q, ya’ni unda hech kim bilan gaplashib bo‘lmaydi.

Ishlab chiqaruvchi qurilmani «AR-terminal», deya tavsifladi. Oddiy aytganda, bu ulangan AR-ko‘zoynakka tasvirlarni uzatuvchi TV-pristavka. Beam Pro yordamida 3D-ilovalarni ishga tushirish, o‘yinlar o‘ynash va seriallar tomosha qilish mumkin, hammasi ko‘zoynak linzalarida aks etadi.

Qurilmaning ort panelida ikkita kamera 50 mm masofada joylashtirilgan, ularning yordamida keng 3D-foto va video olib, so‘ngra ko‘zoynakda ko‘rish mumkin.

Shunga o‘xshash funksiya iPhone 15 Pro va Apple Vision Pro bog‘lamida amalga oshirilgan.

Xreal Beam Proda ikkita USB-C bor: biri — quvvatlash uchun, ikkinchisi — AR-ko‘zoynakka bog‘lanish uchun.

Xreal Beam Pro narxi: 1299 yuan (183 dollar atrofida) — 6+128 GB. 5Gni qo‘llovchi model avgustda chiqadi, uning narxi: 1999 yuan (280 dollar atrofida). Qurilma keyinchalik Xitoydan chetda ham sotilishi aytilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring