Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

Toshkentda boshqa hududlarga qaraganda telefonda kamroq gaplashilmoqda, besh yil ichida 4G stansiyalari soni 1,5 baravarga oshgan, foydalanuvchilar esa deyarli 6 baravar ko‘p ma’lumot uzatmoqda. Beeline Uzbekistan tahlilchilariga ko‘ra, poytaxt raqamlashtirish bo‘yicha mamlakatda yetakchilik qilmoqda: bu yerdagi deyarli barcha trafik to‘rtinchi avlod tarmoqlari orqali o‘tadi. Toshkent asta-sekin ish, ta’lim va kundalik hayot uchun uchun to‘liq onlayn formatga o‘tmoqda.
So‘nggi besh yil ichida Toshkentda 4G baza stansiyalari soni 1,5 barobarga oshdi. Beeline Uzbekistan texnik mutaxassislari yangi baza stansiyalarini eng ko‘p yuklama kuzatiladigan joylarga — transport tugunlari, ommaviy joylar, yangi turar-joy majmualari va biznes markazlar atrofida o‘rnatmoqda. Bu esa hattoki yuklama eng yuqori bo‘lgan soatlarda ham barqaror aloqani ta’minlaydi. Kompaniyada yuklama tahlili uchun sun’iy intellekt va neyron tarmoqlardan faol foydalanilmoqda — bu esa eng yuklangan hududlarni aniqlash va yangi uskunalar uchun optimal joylarni tanlash imkonini beradi. Poytaxtda signalni kuchaytiruvchi va bir vaqtning o‘zida ko‘proq foydalanuvchini qamrab oluvchi logik sektorlar soni esa 4 baravarga oshgan.
Bularning barchasi sezilarli natija berdi: Toshkentda 2020 yildan buyon Beeline Uzbekistan mobil internetining o‘rtacha tezligi 2,2 baravarga oshdi. Shahar aholisi raqamli xizmatlardan faolroq foydalanmoqda — haftalik yuklab olish hajmi qariyb 6 barobarga oshdi. 2025 yilda poytaxtdagi internet trafikning 95 foizdan ortig‘i aynan 4G — LTE tarmoqlari orqali o‘tmoqda.
«Kompaniyamizning asosiy maqsadi — O‘zbekistonning barcha hududlarida raqamli imkoniyatlar tengligini ta’minlashdir, hatto eng olis hududlarda foydalanuvchilar zamonaviy digital-servislardan foydalanishlari uchun. Biroq, Toshkent alohida e’tiborga loyiq. Bu yerda mamlakat aholisining deyarli o‘ndan biri yashaydi. Shu sababli barcha yangi texnologiyalar avvalo poytaxtda sinovdan o‘tkazilib, keyin boshqa hududlarga joriy etiladi», – dedi Beeline Uzbekistan texnologiyalar va innovatsiyalar bo‘yicha direktori Gediz Sezgin.
Agar mobil internet iste’moli bo‘yicha Toshkent doimo yetakchi bo‘lib kelayotgan bo‘lsa, telefon orqali qo‘ng‘iroqlar soni bo‘yicha poytaxt oxirgi o‘rinlardan birini egallamoqda. 2025 yilning may oyida Beeline Uzbekistan tarmog‘i foydalanuvchilari bir oyda o‘rtacha 645 daqiqa gaplashgan — bu borada faqat Xorazm pastroq ko‘rsatkichga ega. Ushbu tendensiya so‘nggi yillarda o‘zgarishsiz qolmoqda: masalan, 2023 yil may oyida ham poytaxt ko‘rsatkichi oxiridan ikkinchi o‘rinda edi. Ya’ni, poytaxt asta-sekin raqamli xabga aylanmoqda — bu yerda mobil aloqa endi avvalgidek qo‘ng‘iroqlar uchun emas, balki onlayn xizmatlar, ish, o‘qish va ko‘ngilochar kontent uchun foydalanilmoqda.
Beeline Uzbekistan haqida
«Unitel» MChJ 2006 yilning 12 sentyabridan boshlab «Beeline Uzbekistan» savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Dubay shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi. 2024 va 2025 yillarda «Top Employer» maqomiga ega bo‘ldi.
VEON 6 mamlakatda 160 milliondan ortiq foydalanuvchilarga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarining provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ fond bozorida joylashtirilgan.
Beeline Uzbekistan’da 2 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1.4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Beeline SBning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 2 milliard dollarga yaqin soliq to‘langan.
Sayt: beeline.uz
Facebook: @beeline.uz
Instagram: @beeline_uzbekistan
Telegram: @beelineuzbekistan
Twitter: @beeline_uz
LinkedIn: @beeline-uzbekistan
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter