Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahon rekordi yangilandi. Uchuvchisiz boshqariladigan qurilma havoda uzluksiz 4 soatdan ortiq tura oldi

Jahon rekordi yangilandi. Uchuvchisiz boshqariladigan qurilma havoda uzluksiz 4 soatdan ortiq tura oldi

«HYBRiX.20» qurilmasi.

Foto: «Quaternium»

Uchuvchisiz boshqariladigan qurilmalarni yaratish bilan shug‘ullanuvchi «Quaternium» kompaniyasi yangi «HYBRiX.20» gibrid modelini taqdim etdi. Ushbu qurilma havoda uzluksiz 4 soat-u 40 daqiqa turdi va jahon rekordini yangiladi, deb xabar berdi «Daily Tech Info».

Multikopter qurilmalarining aksariyati havoda 25-30 daqiqadan ortiqroq tura olmaydi. Professional, shuningdek, buyurtma asosida yaratilgan qurilmalarda esa kattagina energiya zaxirasi bo‘ladi. 2016-yilda shu turdagi multikopterlardan biri 72 daqiqa havoda uchib, La-Manshni kesib o‘tgandi.

«HYBRiX.20» uchuvchisiz boshqariladigan qurilma benzinli ichki yonuv dvigateliga ega gibrid model hisoblanadi, ushbu dvigatel qurilmaning akkumulyator batareyalarida energiya zaxirasi tugagach ishga tushadi. Bu kabi tizim kartografiya, aerosuratkashlik, qishloq xo‘jaligi sohasini kuzatish va nazorat qilishda juda samaralidir.

«HYBRiX.20» qurilmasining arzonligi sabab uni oddiy fermerlar ham bemalol sotib olishi mumkin», — deydi «Quaternium» kompaniyasi vakili.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring