Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Quyoshda chaqnash bo‘ldi: Yerga magnit bo‘ronlari xavf solyapti

Quyoshda chaqnash bo‘ldi: Yerga magnit bo‘ronlari xavf solyapti

Kecha, 13 iyun kuni Quyoshda M sinfiga tegishli kuchli va uzoq davom etgan chaqnash sodir bo‘lgan. Olimlar fikriga ko‘ra, chaqnash M sinfida 2 soatdan ortiq, S darajasida esa 8 soatdan ortiq davom etgan.

Chaqnash oqibatida Quyoshda tashvishli sabzirang daraja faollashgan. Chaqnashdan chiqqan ultrabinafsha nurlar Yer atmosferasining ustki qismini ionlashtirgan va Osiyo davlatlarida, xususan, Yaponiyada qisqa to‘lqinli radio tutilishiga sabab bo‘lgan.

Chaqnash paytida ajralib chiqqan Quyosh moddalari Yer tomonga qarab harakatga tushgan. Taxminan ertaga, 15 iyun kuni bu moddalar sayyoramizga yetib keladi va magnit bo‘ronlarini hosil qiladi.

Magnit bo‘ronlari O‘zbekistonda ham o‘z ta’sirini bildiradi. Bo‘ronlar 17 iyungacha davom etadi, eng kuchli ta’sir qilish darajasi 16 iyunga to‘g‘ri kelishi kutilyapti.

Ma’lumot uchun: magnit bo‘ronlari Yerning geomagnit maydonlari buzilishi bo‘lib, bir necha soatdan bir necha kungacha davom etishi mumkin. Ular aloqa tizimi ishiga ta’sir qiladi, texnik nosozlik keltirib chiqaradi. Shuningdek, inson salomatligi, ayniqsa, surunkali kasalliklardan aziyat chekadiganlarga xavf soladi.

Magnit bo‘ronlaridan himoyalanish yo‘llari haqida avvalroq batafsil ma’lumot berilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring