Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Raqamli tashqi reklama» portali ishga tushiriladi

«Raqamli tashqi reklama» portali ishga tushiriladi

Yig‘ilishda hududlarni raqamlashtirish uchun moliyaviy manbalarni kengaytirish masalasiga to‘xtalib o‘tildi.

Buning uchun «Raqamli tashqi reklama» portalini ishga tushirish, kelgusida tashqi reklamadan tushgan mablag‘larning 20 foizini har bir viloyatning o‘zida raqamlashtirishni rivojlantirish uchun qoldirish belgilandi.

Bosh vazirga xorijiy tajribani puxta o‘rganib, namunaviy loyiha asosida Toshkent shahrida 2 ta, viloyat markazlari va yirik shaharlarda 1 tadan ko‘chada zamonaviy tashqi reklama ob’yektlarini joylashtirishga topshiriq berildi.

Umuman 1 iyunga qadar «Raqamli tashqi reklama» tizimini ishga tushirib, undan faqat Yagona interaktiv portal orqali foydalanish lozimligi ta’kidlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring