Buxoroning ikki tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari ochildi
Qorako‘l va Olot tumanlarida aholini axborot texnologiyalari mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qitish va kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish uchun zamonaviy infratuzilma bilan jihozlangan yangi AKT-markazlar ishga tushirildi.
Ushbu markazlarning ochilishi, 2 mingdan ortiq yangi tinglovchilarni qabul qilish va 1000 dan ortiq davlat xizmatchilarining malakasini oshirish imkonini beradi. Shu bilan bir qatorda yoshlarning amaliy ko‘nikmalarini oshirish, turli xil amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari, qo‘shma loyihalar, shuningdek, Buxoro shahridagi IT-Park rezidentlari bilan frilans va startap loyihalarini amalga oshirish imkonini beradi.
Ta’kidlash joizki, 2020 yil oxiriga qadar viloyatning barcha shahar va tumanlarida jami 12 ta AKT-markazlar ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Bu AKT-markazlar aholi va yoshlarimizni dasturlash va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish va uni eksport qilish bo‘yicha salohiyatini oshirishga va iqtisodiyotimizni barqarorlashtirishga zamin yaratadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter