Raqamli texnologiyalar vazirligida tayinlovlar amalga oshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligida qator tayinlovlar amalga oshirildi.
Prezident qarori bilan:
- Oleg Pekos raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga;
- Jamol Maxsudov raqamli texnologiyalar vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
- Rustam Karimjonov raqamli texnologiyalar vazirining o‘rinbosari lavozimiga (avval — xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari edi);
Shuningdek:
- Shuxrat Kadirov Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi direktori lavozimiga;
- A’zam Abdullayev Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Doniyor Rustamov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari lavozimidan;
Jamshid Egamberdiyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter