«O‘zstandart» agentligi «Telegram»da maxsus bot-xizmatini ishga tushirdi
«O‘zstandart» agentligi tomonidan standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya sohalaridagi eng so‘nggi yangiliklar bilan aholi va tadbirkorlik sub’yektlarini tanishtirib borish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy sahifa va kanallar tashkil etilganini ma’lum qildi.
Xususan, Telegram kanali, Instagram, Facebook va Twitter ijtimoiy tarmoqlari orqali sohadagi yangiliklar muntazam ravishda yoritib borilmoqda.
Shuningdek, aholi va tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga tez va sifatli javob berish maqsadida «Telegram» messendjerida @uzstandartga_savollar_bot maxsus xizmati ishga tushirilgan bo‘lib, kelib tushayotgan savollarga agentlikning malakali mutaxassislari tomonidan javob berilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter