Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Robotlarga og‘riqni his qilish o‘rgatildi

Robotlarga og‘riqni his qilish o‘rgatildi

Foto: New-science.ru

Kembrij olimlari teginishning to‘liq simulyasiyasi bilan sun’iy teri yaratdilar.

Texnologiya uchun ko‘plab datchiklarga ega yupqa gidrogel plyonka ishlatilgan. Neyron tarmoqqa har bir ta’sir turini tanib olishni o‘rgatish uchun u olovga qo‘yildi, teginildi va kesib ko‘rildi.

Ushbu plyonka yordamida odamning teginish hissini tiklaydigan protezlar yoki teginish orqali harakatlana oladigan robotlar yasash osonroq bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring