Saida Mirziyoyeva UZINFOCOMda ishlab chiqilayotgan loyiha bilan tanishdi
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva UZINFOCOMda ishlab chiqilayotgan loyiha bilan tanishdi.
«Bugun UZINFOCOMda sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilayotgan loyiha bilan tanishdim. Ishonchim komilki, loyiha rejadagidek amalga oshirilsa, barcha: soha xodimlari uchun ham, aholi uchun ham manfaatli bo‘ladi», deya yozadi Mirziyoyeva.
Ushbu tizim ishga tushishi natijasida tibbiyot muassasalaridagi barcha asosiy jarayonlar bosqichma-bosqich avtomatlashtiriladi, bemorlarning sog‘lig‘i haqida turli manbalardan olinadigan ma’lumotlarni yagona elektron tibbiy kartaga birlashtirish imkonini beruvchi dasturiy yechimlar joriy etiladi. Shuningdek, ish hajmini optimallashtirish orqali sog‘liqni saqlash muassasalarining barcha bo‘g‘inlarida faoliyat samaradorligi oshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter