Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqand viloyati hokimi «Astrum» IT-akademiyasi bilan tanishdi

Samarqand viloyati hokimi «Astrum» IT-akademiyasi bilan tanishdi

Foto: Mitc.uz

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov «Astrum» IT-akademiyasi faoliyati bilan tanishdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-iyul kuni «Astrum» IT-akademiyasiga tashrifi doirasida viloyat hokimlariga bir oy muddatda «Astrum» IT-akademiyasiga kelib, barcha sharoit va imkoniyatlarni ko‘zi bilan ko‘rib, o‘z hududida kamida bittadan shunday IT-akademiya tashkil etish loyihasini boshlashga topshiriq bergandi.

Uchrashuvda o‘zaro fikr almashinilib, Samarqand viloyatida ham IT-akademiya tashkil qilish bo‘yicha rejalar ishlab chiqilishi belgilandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring