Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samsung flagman smartfonlari 9 fevralda taqdim etiladi — insayder

Samsung flagman smartfonlari 9 fevralda taqdim etiladi — insayder

Illyustrativ foto

Ice Universe (insayder) internetda ancha mashhur: Samsung kompaniyasining juda ko‘p qurilmalarini hali zavoddan chiqmasidan turib taqdimot sanasini aniq aytib bergan, insayderning navbatdagi nishoni kompaniyaning eng yangi flagmanlari — Galaxy S22 turkumi bo‘ldi.

U Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z sahifasida yozishicha, yuqori texnologiyali qurilmalarning taqdimoti 9 fevral kuni Pekin vaqti bilan soat 23:00 (Toshkent vaqti bilan soat 20:00)da boshlanadi.

Boshqa insayderlar ham xuddi shu sanani «belgilashgandi», demak, masala deyarli hal. Uzunquloq gaplarga qaraganda, o‘sha kuni uchta flagman-smartfon (S22, S22+ i S22 Ultra) bilan bir qatorda, Galaxy Tab S8 plansheti ham taqdim etiladi.

TechRadar yozishicha, yaqin haftalarda Xiaomi va OnePlus kompaniyalari ham o‘z flagmanlarini taqdim etishi kutilyapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring