Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Samsung Galaxy Note9» rekord hajmdagi ichki xotiraga ega bo‘ladi

«Samsung Galaxy Note9» rekord hajmdagi ichki xotiraga ega bo‘ladi

Foto: «Hi-tech.mail.ru»

So‘nggi gap-so‘zlarga qaraganda «Samsung» kompaniyasi o‘zining «Galaxy Note9» flagmaniga 8 gigabayt tezkor xotira va 512 gigabayt ichki xotira o‘rnatadi. Mazkur ma’lumot bilan «Ice Universe» nomli foydalanuvchi o‘zining «Twitter»dagi sahifasiga bo‘lishdi, deb xabar beradi «Hi-tech.mail.ru»

Bundan oldin «Samsung» flagmaniga 6 gigabayt tezkor va 64/128/256 variantli ichki xotiralar o‘rnatilishi haqida xabarlar tarqalgandi. So‘nggi mish-mishlarga ko‘ra, qurilmaga xuddi «iPhone X»dagi kabi yuzni tanish skaneri o‘rnatiladi va hoshiyalari ingichka bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda «Huawei» kompaniyasi 512 gigabayt xotiraga ega «Mate RS» smartfonini taqdim etgandi. Kompaniya uchtalik kamera, ikkitalik barmoq izi skaneri o‘rnatilgan mazkur smartfoni uchun 2095 yevro so‘ragan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring