Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Samsung Galaxy S10» uchta modelda chiqariladi: hatto arzon versiyasi ham bo‘ladi

«Samsung Galaxy S10» uchta modelda chiqariladi: hatto arzon versiyasi ham bo‘ladi

Foto: «glavcom.ua»

«Samsung Galaxy S10» flagman versiyalari bir yo‘la uchta modelda namoyish etiladi. Bazaviy va Plus-variantlaridan tashqari, kompaniya, nihoyat, soddalashtirilgan tavsifga ega, arzon versiyasini ham chiqaradigan bo‘ldi. Bu haqda Janubiy Koreyaning «The Bell» nashri yozdi, deb xabar bermoqda «Terabayt».

Bazaviy «o‘nlik» standarti 5,8 dyuymli, chekkasi qayrilgan ekran va qo‘sh kamera bilan ta’minlanadi. «Galaxy S10 Plus» 6,44 dyuymli displey va uchtalik kameraga ega. Agar ushbu ma’lumot tasdiqlansa, u «Samsung» kompaniyasining uch kamerali ilk modeli bo‘ladi. Bundan tashqari, ikkala flagman ham ekran ostida barmoq izlari skaneri bilan jihozlanishi kerak. Shu vaqtgacha bunday smartfon «Samsung»da yo‘q edi.

Qurilmaning arzon varianti esa chekkasi qayrilmagan, 5 dyuymli, bir kamerali ekran bilan ta’minlanadi. Ushbu qurilma kompaniyaning barmoq izlari skaneri yonbosh qirrada joylashgan ilk smartfoni bщlishi mumkin. Skanerni  «Qualcomm» yetkazib beradi. Shuningdek, «Galaxy S10 Plus»dagi uchtalik kameraning asosiy sensori 12 Mp bo‘ladi.

Tarqalgan xabarlarga qaraganda, o‘ninchi avlod flagmanlari kelasi yilning fevral oyida Barselonada bo‘lib o‘tadigan «MWC 2019» ko‘rgazmasida omma e’tiboriga taqdim etiladi yoki alohida taqdimot tadbiri ham o‘tkazilishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring