Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samsung Galaxy S22, S22+ va S22 Ultra taqdim etildi (video)

Samsung Galaxy S22, S22+ va S22 Ultra taqdim etildi (video)

Foto: «iXBT.com»

«Samsung» kompaniyasi Galaxy S turkumiga kiruvchi yangi smartfonlarini taqdim etdi: Galaxy S22, Galaxy S22+ va Galaxy S22 Ultra.

Galaxy S22 va S22+ da oldingi dizayn saqlab qolindi, biroq ozroq o‘zgarishlar bor. Masalan, displeylar dyuymning o‘ndan bir qismiga kichraygan — tegishli ravishda 6,1 va 6,6 dyuym. Bu smartfonlar sal ixchamlashgan va yengillashgan. Asosiy model — S22 da o‘tgan yili tanqidga sabab bo‘lgan plastik ort qopqoqdan voz kechilib, korpusni butunlay toblangan oyna — Gorilla Glass Victus+ egalladi.

Ultra flagmanining tashqi ko‘rinishi jiddiy o‘zgardi — bo‘rtib chiqqan kamera moduli endi korpus bilan bir tekis. Bu turkumdagi eng katta va og‘ir smartfon aynan ultra, 228 gramm, albatta, ko‘pchilikka ham xush kelmasa kerak. Muhim yangiliklardan biri — «unutilgan» Note turkumidan ko‘chib o‘tgan S Pen stilusi uchun korpusida joy ajratilgan. Har bir S22 namlikdan himoyalovchi IP68 texnologiyasiga ega.

Foto: «iXBT.com»

Asosiy kamera modullari:

  • O‘ta keng burchakli — 12 Mp
  • Keng burchakli — 108 Mp
  • Telefoto — 10 Mp, s 3x zumom, diafragmoy f/2,4, uglom obzora 36°
  • Telefoto — 10 Mp

Frontal kamera — 40 Mp.

Barcha smartfonlarda o‘ta yorqin Dynamic AMOLED 2X displeylar o‘rnatilgan, ularda matritsani gerslashni 120 Gs.gacha sozlasa bo‘ladi. Ekrani eng zo‘ri — Samsung Galaxy S22 Ultra (3088 x 1440 piksel).

Galaxy S22 va S22+ da operativ 8 GB, doimiy 128/256 GB xotira ko‘zda tutilgan. Ultra da bu ko‘rsatkich — 8/128, 12/256 va 12/512 GB.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring