Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samsung tarixida birinchi ayol prezident ish boshladi

Samsung tarixida birinchi ayol prezident ish boshladi

Li Yon Xi.

Foto: Yonhap

Li Yon Xi Samsung kompaniyasining global marketing bo‘yicha prezidenti etib tayinlandi. Kompaniya tarixida hali hech bir ayol kishi bunchalik yuqori lavozimga ko‘tarilmagan.

Li Yon Xi kompaniyada 2007-yildan ish boshlagan, keyinchalik «ayfon»ning asosiy raqobatchisiga aylangan Samsung Galaxy smartfonlarini ishlab chiqarish va rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan. Bungacha L’Oreal kosmetika kompaniyasida ishlagan.

Samsung kompaniyasida yaqinda kadrlar o‘zgartirilishi amalga oshirildi. Yangi tayinlangan yetti prezidentning biri — Li Yon Xi. Faqat bir yo‘nalish — maishiy texnika bo‘limi rahbarligi hanuz vakantligicha qolmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring