«Samsung» va «Microsoft»ni buzgan xakerlar guruhi rahbari 16 yoshli xasta bola bo‘lib chiqdi
![«Samsung» va «Microsoft»ni buzgan xakerlar guruhi rahbari 16 yoshli xasta bola bo‘lib chiqdi](http://static.xabar.uz/crop/2/9/720_460_95_2949539045.jpg)
Londonlik 16 yoshli bola yirik kompaniyalarni buzib kirgani uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan Lapsus$ xakerlar guruhi rahbari bo‘lib chiqdi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
«White» va «Breachbase» taxalluslari bilan mashhur bo‘lgan o‘smirning ismi, manzili, fotosuratlari va tarjimai holi xakerlik veb-saytida e’lon qilingan.
Xabar qilinishicha, uning hisobida 300 bitkoin, ya’ni taxminan 14 million dollar bor.
Xakerning shaxsiy ma’lumotlarini uning sobiq biznes sheriklari janjal tufayli e’lon qilgan. London politsiyasi Lapsus$ guruhiga aloqador bo‘lgan yetti nafar o‘smirni hibsga oldi. Guruh yetakchisi ulardan biri ekanligiga aniqlik kiritilmagan.
O‘smirning ota-onasi BBCga o‘g‘lining sevimli mashg‘ulotlari haqida hech narsa bilmasligini, ammo endi unga kompyuterdan foydalanishni taqiqlashini aytishgan. Nashr, shuningdek, yosh xakerda autizm spektrining buzilishi xastaligi borligi haqida xabar bergan.
Lapsus$ guruhi Microsoft, Okta, Nvidia, Ubisoft, Samsung va Vodafone kabi kompaniyalariga amalga oshirilgan xakerlik hujumlari uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan. Ammo texnologiya gigantlari haqiqatan ham ushbu xakerlar tomonidan buzilganmi yoki yo‘qmi noma’lum.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter