Shavkat Mirziyoyev AKT-maktab binosi qurilishi bilan tanishdi
Prezidentimizning 2017-yil 14-sentyabrdagi qaroriga muvofiq Toshkentda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etilgan edi.
Mavzu doirasida: Inhanigina emas, Oksfordni ham ko‘zlashyapti
Mazkur maktab o‘quvchilari davlat umumiy o‘rta ta’lim standartlari asosida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng jalb qilgan holda matematika, fizika, informatika va chet tili fanlarini chuqur o‘zlashtirishadi. Maktab nizomiga ko‘ra, ta’lim o‘zbek tilida olib boriladi.
Davlatimiz rahbari maktabning yangi binosi qurilishi ishlari bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish, iste’dodli yoshlarni izlab topish va ularni izchil qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter