Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sherzod Shermatov harbiy institutga bordi (foto)

Sherzod Shermatov harbiy institutga bordi (foto)

Mudofaa vazirligining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va harbiy aloqa institutida joriy yildan boshlab kiberxavfsizlik fakulteti tashkil qilinib, tarmoq xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov mazkur institutga borgan. Tashrif davomida institutdagi sharoitlar, o‘quv-tarbiya jarayoni, zamonaviy ta’lim vositalari, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qay darajada joriy etilgani bilan tanishgan, yuqori AKT, malakali harbiy AKT mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qilgan.

Shu bilan birga, institut talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazib, AKT sohasida olib borilayotgan yangi izlanishlar, yaratilayotgan dasturiy mahsulotlar bilan tanishdi va tayyorlanayotgan dasturiy mahsulotlar bo‘yicha o‘z mulohaza va takliflarini aytgan.

Shuningdek, aloqa bo‘yicha harbiy mutaxassislarni tayyorlashning keng ko‘lamli tizimini yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirgan.


Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekiston Prezidentining «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa sohasida ofitser kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Maxsus fakulteti negizida Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va harbiy aloqa instituti tashkil etilgan edi.

Harbiy institutda o‘qish davri ikki yillik bo‘lib, 8 ta yo‘nalish bo‘yicha taktik bo‘g‘indagi ofitser kadrlar tayyorlanmoqda.

Harbiy institutda:

  • Aloqa qo‘shinlari taktik qo‘mondonlik-muhandisligi;
  • Maxsus aloqa va davlat sirlarini muhofaza qilish taktik qo‘mondonlik-muhandisligi;
  • Axborot tizimlari va texnologiyalari taktik qo‘mondonlik-muhandisligi;
  • Radioelektron razvedka va kurash taktik qo‘mondonlik-muhandisligi;
  • Havo hujumidan mudofaa radiotexnika qo‘shinlari taktik qo‘mondonlik-muhandisligi;
  • Havo hujumidan mudofaa zenit-raketa qo‘shinlari taktik qo‘mondonlik-muhandisligi;
  • Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari taktik qo‘mondonlik-muhandisligi bo‘yicha mutaxassislar o‘qitilmoqda.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring