Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sherzod Shermatov ochiq muloqot o‘tkazdi (foto)

Sherzod Shermatov ochiq muloqot o‘tkazdi (foto)

Foto: Mitc.uz

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov yoshlar va IT mutaxassislar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Foto: Mitc.uz

Uchrashuv Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari parkining yangi qurilgan binolarida bo‘lib o‘tdi.

Foto: Mitc.uz

Muloqotdan asosiy maqsad — yoshlarning fikrini tinglash, ular tomonidan ko‘tarilgan masalalarning yechimini topish hamda davlatimiz tomonidan IT sohasida aynan yoshlar uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlarni yetkazish edi.

Ma’lumki, 29-iyul kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida joylashgan «Astrum» IT-akademiyasiga tashrif buyurib, axborot texnologiyalari sohasi mutaxassislari, yosh dasturchilar, IT va kommunikatsiya kompaniyalarining rahbarlari va xodimlari bilan uchrashgandi. O‘shanda mamlakatimiz IT sektoridagi ishlarning bugungi ahvoli va uni yanada rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashilgan edi.

Foto: Mitc.uz

Vazirning muloqoti davomida hozirda IT sohasi dunyo iqtisodiyotining asosiy drayverlaridan biriga aylanib, barcha sohalarning barqaror o‘sishiga xizmat qilib kelayotgani ta’kidlandi.

Foto: Mitc.uz

Ochiq muloqotda umumiy mukofot jamg‘armasi 1 million AQSh dollariga teng Prezident sovrini uchun tanlovni o‘tkazish jarayonlari qanday tashkil etilishi kerakligi yoshlar bilan muhokama qilindi. Bundan tashqari, yoshlarning startap loyihalarini amalga oshirish, IT sohasi rivoji uchun nimalar qilish kerakligi kun tartibidan o‘rin oldi.

Foto: Mitc.uz

Yoshlar va IT mutaxassislarga mazkur yo‘nalishda eksport bilan shug‘ullanish, qanday qilib ular O‘zbekistonni mintaqaviy IT markazga aylantirishga hissa qo‘shishlari mumkinligi haqida takliflar berildi.

Vazir yoshlarning fikrlari bilan ham qiziqdi. Ular bilan doimiy muloqot qilib, qiziqtiradigan savol va takliflarni interaktiv shaklda AKT vazirligiga yuborish uchun platforma yaratilishi belgilandi. Ochiq muloqotlar doimiy ravishda o‘tkazilishiga kelishib olindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring