Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sherzod Shermatov Nurafshondagi kampus qurilish maydoniga bordi

Sherzod Shermatov Nurafshondagi kampus qurilish maydoniga bordi

Foto: «Mitc.uz»

Bugun, 5 fevral kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filialining qurilayotgan kampusini borib ko‘rdi.

Qurilish jarayoni bilan yaqindan tanishgan vazir mutasaddilarga aniq topshiriqlar berdi.

TATU Nurafshon fililali kampusi zamonaviy o‘quv va turarjoy majmuasi shaklida bunyod etilib, talabalar uchun barcha sharoitlar muhayyo etiladi: universitet, texnikum, 630 o‘rinli talabalar turarjoyi, o‘quv laboratoriyasi, sport inshooti va boshqalar.

Sherzod Shermatov «filial ichida filial» (IT-park) ochib, ilm-fan va ishlab chiqarishni uzviy bog‘lash, qolaversa, dam olish uchun imkoniyatlarni yaratish bo‘yicha ham takliflar berdi.

TATU Nurafshon fililali kampusida IT-park filialining ochilishi samarali nazariy va amaliy o‘quv tizimini tashkil etish, yoshlarning salohiyatini oshirish, ularga o‘z startap g‘oya va biznes loyihalarni amalga oshirish imkonini beradi. O‘z navbatida, yaqin kelajakda mahalliy yoshlarning bandligi oshirilib, yuqori maoshli kasblarni egallashiga zamin yaratadi. Maqsad: Nurafshon filialida zamonaviy IT-klasterni barpo etish.

«Yana bir muhim masala — yoshlarning o‘qishdan tashqari bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish. Filial hududida rekreatsion zonalar va yashil hududlarni barpo etish kerak», — dedi vazir.

Ma’lumot uchun: TATU Nurafshon filiali 2021/2022-o‘quv yilidan o‘z faoliyatini boshladi. Universitet huzurida faoliyat yurituvchi, oliy ta’lim tizimi bilan integratsiyalashgan o‘rta maxsus professional ta’lim bosqichida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan texnikumlar tashkil etilmoqda. Hozircha TATU Nurafshon filiali poytaxtdagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bosh korpusining binolaridan birida faoliyat olib bormoqda. Filialda 5 ta bakalavriat va 2 ta magistratura yo‘nalishida 224 nafar talaba tahsil olyapti. 2022/2023 o‘quv yilida filialda 2 ta yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishini va 2 ta magistratura hamda sirtqi ta’lim shaklini ochish, qabul kvotasini 391 taga yetkazish rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring