Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

 «Siz tomon yo‘l oldik» — ilk manzil Sirdaryo viloyati bo‘ladi

 «Siz tomon yo‘l oldik» — ilk manzil Sirdaryo viloyati bo‘ladi

Ertaga, 15-mart kunidan Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi tomonidan «Siz tomon yo‘l oldik» loyihasiga start beriladi.

Shu orqali hududlarda «Elektron xizmatlar» mavzusida treninglar o‘tkaziladi.

Qayd etilishicha, ushbu tashabbus mamlakatimizda elektron hukumat sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni keng yoritish, My.gov.uz portali xizmatlari, ulardan foydalanish bo‘yicha o‘quv darslari o‘tib, aholining xabardorlik darajasini oshirish maqsadida tashkil etilmoqda.

Ilk manzil – Sirdaryo viloyatining Oqoltin, Mirzaobod, Sirdaryo, Yangiyer tumanlari bo‘ladi.

O‘quv mashg‘uloti 15 mart kuni soat 10:00 dan boshlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring