Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sodda bo‘lma! Zamonaviy flagman smartfonlarni sotib olmaslikning beshta sababi

Sodda bo‘lma! Zamonaviy flagman smartfonlarni sotib olmaslikning beshta sababi

Sodda bo‘lma!

Kollaj: «Xabar.uz»

Flagman smartfonlarning narxi juda baland. Ularni sotib olib muhandis va dasturchilarni emas, marketologlarni boyityapsiz.

Yildan yilga smartfon ishlab chiqaruvchilar flagman modellarning narxini ko‘tarishga harakat qilishyapti va buni ajoyib tarzda uddalashmoqda. Savdolar hajmi qisqarish o‘rniga tobora o‘syapti.

Buning hayron qolarli joyi ham yo‘q aslida, axir ular bor kuchlarini iste’molchilar miyasini «zaharlash»ga sarflashmoqda.

Bundan uch yil oldin balki ahmoqona tuyulgan bo‘lar edi, lekin hozir arzon narxga Xitoyning ajoyib smartfonlarini sotib olish mumkin.

«Nv.ua» nashri blogeri o‘rtacha modellar flagmanlardan qolishmasligining beshta sababini keltirdi:

1. Displey.

8 yil oldin «Palm» kompaniyasi smartfonlar bozoriga «Palm Pre» modeli orqali kirib kelishga uringan, biroq yuqori natijalarga erisha olmagandi. Qurilmaning asosiy muammolaridan biri — yaxshi texnik tavsifga ega emasligi edi. Axir kompaniya «Apple» va «Samsung» kabi gigantlardan qolgan vositalarni ishlatishga majbur bo‘lgan.

Agarda «Palm» hozirgi davrda mavjud bo‘lganida, unda bu taxlit muammolar bo‘lmasmidi…

Smartfonlarni ommaviy ravishda ishlab chiqarish unda ishlatiladigan vositalarning ham ko‘payishiga olib keldi. Talab har doim taklifni vujudga keltiradi va bugun Xitoyning kichik kompaniyalari ham o‘z modellari uchun yaxshi sifatga ega displeylarni sotib olishga qodir.

O‘rta darajadagi smartfonlarda yaqingacha flagmanlarda foydalanilgan panellar ishlatilmoqda. Ishlab chiqaruvchiga qarab «IPS» yoki «OLED»ning 1920 x 1080 piksel o‘lchamga ega displeyi, 5-5,5 diagonalda tasvirni maskimal ko‘rish burchagi ostida tiniq taqdim etadi. Bu matnlarni o‘qish va videoni tomosha qilish qulayligini ta’minlashga bemalol yetalidir.

2. Ishlash tezligi.

Smartfonning qotishi protsessor va uning xotirasiga bog‘liq. Avvallari mikrochiplarni ishlab chiqaruvchilar faqatgina eng yaxshi qurilmalar uchun alohida protsessor yaratish bilan shug‘ullangan bo‘lsa, hozirda ularning imkoniyatlari kengaygan.

Avvallari kompyuter xotirasini ishlab chiqargan zavodlar, hozirda mobil qurilmalar uchun texnik vositalar yaratish bilan shug‘ullanmoqda. Ularning sharofati bilan bir qator yaxshi protsessorlar paydo bo‘ldi, jumladan «Qualcomm Snapdargon» 625, 626, 630 va 660, shuningdek, «Samsung Exnos» 7880 va «Huawei Kirin» 659.

Bundan tashqari o‘rta darajadagi modellarda tezkor xotira 3-4 gigabaytga, ichki xotira esa 32-64 gigabaytga yetmoqda.

3. Kamera.

Flagman smartfonlarining asosiy afzalliklaridan biri ularning kamerasi hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchilarning ta’kidlashicha, o‘rtacha tipdagi qurilamalarning kamerasi flagman smartfonlarining «yaqiniga ham yo‘lay olmaydi». Shunga qaramay yildan-yilga ularning ham kamerasi tobora yaxshilanayotganini ko‘rish mumkin.

Gap shundaki, flgamanlarning kamera modullari to‘g‘ridan-to‘g‘ri ushbu qurilmalarning hayot sikliga bog‘lanmagan. Ularni ishlab chiqaruvchi zavodlar navbatda yuqori darajali smartfon sotuvdan chiqib ketsa ham ish jarayonini to‘xtatmaydi. Axir uning komponentlariga bo‘lgan talab hamon yuqoriligicha qolmoqda.

Shunday qilib, o‘rta sinf smartfonlarining kameralari bir-ikki yil avval eng yaxshi modellarda ishlatilgan kameralardan ko‘chiriladi. Shu sababli bugungi kunda yorug‘lik yaxshi tushib turgan joyda suratga olinsa, flagman va «o‘rta tip»dagi kameralar orasida farq unchalik katta emas. Ammo tunda suratga olish amalga oshirilsa, flagman shubhasiz yutib chiqadi.

Biroq bu yerda shunday masala bor: Men smartfon kamerasidan tunda ko‘p foydalanamanmi? 100-200 dollar yonga qolgani yaxshi emasmi?

4. Avtonomlik.

Flagman smartfonlar deyarli hamma narsasi bo‘yicha yaxshi va bu «deyarli» paradoksal tarzda uning avtonomligiga bog‘liq. Akkumulyator batareyalari texnologiyasining rivojlanishi ushbu qurilmalarning boshqa komponentlaridan orda qolmoqda.

Tiniq ekran, ajoyib protsessor — bularning barchasi smartfon avtonomligida yaqqol seziladi. Biroq o‘rta tipdagi modelda displey va protsessor oliy sifatli bo‘lmasa-da, akkumulyatori sig‘imi sabab yuqori avtonomlikka ega.

5. Umumiy funksionallik.

10 yil oldin smartfon sotib olinganimizda ayrim narsalarga qo‘shimcha pul to‘lashimizga to‘g‘ri kelganki, hozir eslasak kulgili tuyuladi. Ishlab chiqaruvchilar «Bluetooth» bor yoki ikkinchi sim-karta ketadigan modellar uchun qo‘shimcha pul so‘ragan. Biroq, bugungi kunda o‘rta darajadagi modellarning imkoniyati, avvalgidek, flagmanlardan farq qilmaydi. Ular bir xil funksiyalar to‘plamidan foydalanadilar, faqat tarkibiy qismlar kamroq rivojlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring