Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«SpaceX» kompaniyasi qutb osmoniga raketa uchirdi

«SpaceX» kompaniyasi qutb osmoniga raketa uchirdi

Foto: «SpaceX»

«SpaceX» kompaniyasi Florida (AQSh)dagi Kanaveral burnidan «Falcon 9» raketa-tashuvchisini uchirdi.

Xabarga ko‘ra, raketa Argentina sun’iy yo‘ldoshi (SAOCOM 1B)ni Yer orbitasiga olib chiqqan. Ushbu yo‘ldosh radiolokatsiyalar diapazonida tasvirlar olishga mo‘ljallangan. Yo‘ldosh tabiiy ofatlarning oqibatlarini bartaraf etish, tuproqning namlik darajasini o‘lchashda ishlatiladi.

E’tiborli jihati, «SpaceX» ilk marta qutb orbitasiga yo‘ldoshni olib chiqdi. Kompaniya ma’lum qilishicha, uning raqobatchilari va NASA AQSh (Florida) hududidan turib kosmik ob’yektlarni qutb orbitasiga olib chiqish uchun raketa uchirmaganiga bir necha o‘n yillar bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring