Starlink tezlik bobida simli internetdan o‘zib ketdi
![Starlink tezlik bobida simli internetdan o‘zib ketdi](http://static.xabar.uz/crop/3/1/720_460_95_3182101935.png)
O‘tkazilgan test sinovlari butun dunyo bo‘ylab yo‘ldoshli Starlink internetining tezligi keng polosali ulanishni tezlik bobida ortda qoldirganini ko‘rsatdi. Maskning internetida yuklab olish tezligi 301 Mbit/s.ga yetdi.
Biroq Starlink bir tekis ishlamaslik va internetga yuklash tezligi borasida nuqsonlardan xalos bo‘lgan emas.
Ushbu suratdagi tezlikni Viskonsin (AQSh)da yashovchi Reddit foydalanuvchisi qayd etdi. U foydalanayotgan Starlink tarmog‘ida yuklab olish tezligi 301 Mbit/s.gacha chiqdi. Bu Ookla servisi butun AQSh hududi bo‘ylab kuzatgan Starlink tarmog‘idagi o‘rtacha yuklash tezligidan ancha yuqori. Viskonsinlik foydalanuvchining yuklash (Upload) tezligi 20,5 Mbit/soniyani, ushlanishlar esa 78 millisekundni tashkil etdi.
Starlink — Ilon Mask asos solgan SpaceX kompaniyasining yo‘ldoshli internet loyihasi. Qariyb 30 mamlakat ushbu servisdan foydalanishni boshlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter