Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Subsidiya ajratishning navbatdagi bosqichi boshlandi

Subsidiya ajratishning navbatdagi bosqichi boshlandi

Foto: Xabar.uz

O‘quv markazi ochish uchun subsidiya ajratishning navbatdagi bosqichi boshlangani haqida xabar berildi.

Talabgorlar 10 iyulga qadar «Qishloq hududlarida xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini tashkil etish uchun nodavlat ta’lim tashkilotlariga subsidiya ajratish» xizmatidan foydalanishlari mumkin.

Bu turdagi subsidiya quyidagi maqsadlarda ajratiladi:

  • bino va o‘quv xonalarini zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari, mebel, asbob-uskunalar, o‘qitishning texnik vositalari va boshqa anjomlar bilan jihozlashga;
  • zarur darsliklar, o‘quv-metodik adabiyotlar va boshqa kutubxona-axborot resurslari hamda vositalari bilan ta’minlash, ta’lim jarayonini tashkil etishga jalb etiladigan pedagog kadrlar mehnatiga haq to‘lashga.

Quyidagi hujjatlar talab etiladi:

2 yilga mo‘ljallangan biznes reja;

  • mahsulot yetkazib berish yoki ishlarni, xizmatlarni bajarish to‘g‘risida tuzilgan xo‘jalik shartnomalari;
  • pedagog kadrlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari;
  • pedagog kadrlarning xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatlari;
  • ta’lim jarayonida foydalanilayotgan bino yoki o‘quv xonalarining ijara shartnomasi (ko‘chmas mulk ijarasi asosida faoliyat yuritayotgan nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun).

Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul.

Foydalanish tartibi bilan videoyo‘riqnomada tanishing:

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring