Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sun’iy intellekt urushga aralashmoqda. Ukraina armiyasi undan foydalanadi

Sun’iy intellekt urushga aralashmoqda. Ukraina armiyasi undan foydalanadi

Ukraina armiyasi sun’iy intellektga ega dronlardan foydalanishni boshlaydi.

Saker Scout sun’iy intellekt yordamida zarba nishonini aniqlay oladi va hatto dronning o‘zi operator bilan aloqani yo‘qotgan bo‘lsa ham harakatlanishda davom etadi. Dron FPV turiga tegishli – odatda bunday turdagi dronlarni operator video orqali boshqaradi.

Ukraina Mudofaa vazirligi dasturiy ta’minoti sun’iy intellekt  algoritmlariga asoslangan Saker Scout dronlarini mamlakat Qurolli Kuchlarida qo‘llashga ruxsat berdi, deb xabar bermoqda departamentning telegram-kanalida.

«Majmua flagman razvedkachi dron, shuningdek, FPV tipidagi bir nechta kamikadze dronlarni o‘z ichiga oladi», — deyiladi xabarda.

Saker Scout da tizim avtotransport vositalarining koordinatalarini mustaqil ravishda aniqlaydi va ma’lumotlarni qo‘mondonlik punktiga uzatadi. Dron tungi ish uchun infraqizil optika bilan jihozlanishi mumkin.

Dronning parvoz masofasi 10 km.gacha. U elektron urushga qarshilikni oshirish uchun inertial boshqaruv tizimidan foydalanishi mumkin.

Dron bir soat davomida ucha oladi va 6,5 ​​funt (taxminan 3 kg) foydali yukni ko‘tara oladi.

Bu dron Ukraina tomonidan ishlab chiqarilgan.

Maqolada yana bir nechta sun’iy intellektga ega Ukraina dronlari nomlari keltirilgan: Soyka (uchish masofasi 30 km.gacha), Punisher (diametri 75 mm bo‘lgan boshqarilmaydigan kuchli portlovchi bombani olib yuradi va 45 km.gacha ucha oladi), dengiz dronlari (qobiliyatli) 800 km masofani bosib o‘tadi va 200 kg.gacha foydali yukni ko‘taradi).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring