Sun’iy intellektga ega «Justin» roboti Marsda odamlar uchun birinchi uylarni quradi

Germaniyaning DLR kosmik agentligi mutaxassislari tomonidan yaratilgan «Justin» roboti Marsga uchadigan birinchi partiya ichidan o‘rin oladi. U o‘zining sun’iy intellekti yordamida harakat qilib, Marsda odamlar yashashi uchun dastlabki uylarni bunyod etadi, deb xabar berdi «Daily Tech Info».
DLR agentligining muhandislari «Justin» robotini takomillashtirish ustida deyarli 10 yil ish olib borgan. Hozirda robot turli asbob-anjomlar, qurollardan foydalana oladi, suratga tushiradi, uchayotgan predmetlarni ushlab olib, to‘siqlarni bartaraf etishga ham qodir. Endilikda «Justin» hatto mustaqil ravishda o‘ylay oladi. Sun’iy intellekt tizimi sabab robot yangi qobiliyatlarni o‘rganishda kerak bo‘ladigan dasturlarga ehtiyoj sezmaydi. U mustaqil ravishda eng qiyin masalalarni yechishi mumkin. Yerdan yoki orbitadan turib uning harakatlarini boshqarish shart emas.
Robotning dasturiy ta’minotida ob’yektlarni tanish funksiyasi ham kiritilgan, bu unga atrof-muhitni ilg‘ash, kuzatuvlarni amalga oshirish, turli mexanizmlarni tuzatish, yuklarni tashish imkonini beradi.
Sinovlarning birida «Justin» roboti Myunxendagi laboratoriyaning tomiga o‘rnatilgan quyosh batareyasidagi nuqsonni bir necha daqiqada bartaraf etdi.
Justin quvvat oluvchi universal qurilma bilan jihozlangan bo‘lib, u o‘z akkumulyatorlarini har qanday manbadan foydalangan holda, oddiy rozetka yoki kompyuterning USB-porti orqali ham quvvatlantira oladi. Shuningdek, uning shaxsiy quyosh batareyasi ham mavjud.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter