Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Taqdimotgacha taqdimot»: yangi Samsung Galaxy A34 ma’lumotlari sizdirildi

«Taqdimotgacha taqdimot»: yangi Samsung Galaxy A34 ma’lumotlari sizdirildi

Foto: GizNext

Samsung kompaniyasi tez orada yangi, o‘rta narx toifasiga mansub Galaxy A34 smartfonini taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Biroq, Gizmochina yozishicha, insayderlar bu smartfon haqida asosiy ma’lumotlarni sizdirishga ulgurishdi.

SnoopyTech manbasi taqdim etilajak smartfon qanaqa rangdaligidan tortib, ichki xotirasi sig‘imigacha ochiqladi. Insayderga ko‘ra, smartfon to‘rt rangda taqdim etiladi: Awesome Silver, Awesome Violet, Awesome Lime i Awesome Graphite.

Xaridorlar ikki xil konfiguratsiyadan birini tanlashlari mumkin: 6/128 GB hamda 6/256 GB.

Smartfon ekrani: 6,6 dyuymli AMOLED, yangilanish sur’ati — 90 Gs. Qurilma One UI 5 bazasidagi Android 13 da ishlaydi.

Foto: Gizmochina

Bundan ham avval sizdirilgan ma’lumotlardan Galaxy A34 uchtalik asosiy kamera (eng kattasi — 48 Mp) va 13 Mp frontal kamerali bo‘lishini bilib olgandik. Ushbu smartfonning akkumulyatori sig‘imi 5000 mAs bo‘lib, 25 Vt tezkor quvvatlash texnologiyasiga ega.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring