Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Taqdimotdan oldingi «taqdimot»: arzon «Redmi K30 Ultra» flagmani haqida batafsil ma’lumot chiqib ketdi

Taqdimotdan oldingi «taqdimot»: arzon «Redmi K30 Ultra» flagmani haqida batafsil ma’lumot chiqib ketdi

Foto: «Ferra.ru»

«Xiaomi» arzon narxda «Redmi K30 Ultra» flagmanini chiqarmoqchi degan xabarni insayderlar internetga sizdirganiga ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Anonsga sanoqli kunlar qolganida smartfon qanday ko‘rinishidan tortib, texnik tafsilotlariga yana internetda «tortiq etildi».

«Redmi K30 Ultra»ning texnik xususiyatlari TENAA bazasida oshkor etilgan.

Undagi ma’lumotga ko‘ra, smartfonga 6,67-dyuymli AMOLED ekran (2400 x 1080 piksel) o‘rnatilgan. Kamerasi to‘rt modulli (64, 20, 8 va 8 Mp), selfi-kamerasi — 16 Mp. Akkumulyatori sig‘imi — 4400 mAs, 6/8 GB operativ, 128/256/512 GB ichki xotiraga ega.

«Redmi K30 Ultra» 2,6 GGs chastotali sakkiz yadroli CPU da ishlaydi. Katta ehtimol bilan bu MediaTek Dimensity 1000 protsessori.

Foto: TENAA

Smartfoning rasmiy taqdimoti avgust oyining boshlariga mo‘ljallangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring