Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

TATUning Nurafshon filialida taqdimot bo‘lib o‘tdi

TATUning Nurafshon filialida taqdimot bo‘lib o‘tdi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filiali faoliyati va uni rivojlantirish masalalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Unda mutaxassislar tomonidan filialning Nurafshon shahrida bunyod etilayotgan zamonaviy binolari, kampusda talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun yaratilayotgan qulayliklar va imkoniyatlar, mavjud yo‘nalishlar va tahsil olayotgan talabalar bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

Tadbirda filialning keyingi faoliyatini rivojlantirish va ta’lim sifatini oshirish, soha tashkilotlari bilan muntazam hamkorlik aloqalarni yo‘lga qo‘yish borasida fikr almashildi. Oliygoh bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash maqsadida mutaxassislik fanlarini ish beruvchilar tomonidan qo‘yilgan talablar asosida ishlab chiqish lozimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, korxonalarda laboratoriya va amaliyot mashg‘ulotlarini tashkil etish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring