Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Telefon raqamingizni o‘zgartirganda e’tiborli bo‘ling!  (video)

Telefon raqamingizni o‘zgartirganda e’tiborli bo‘ling!  (video)

Foto: Xabar.uz

Agar siz mobil raqamingizni yangilashga va eski raqamingizdan voz kechishga qaror qilgan bo‘lsangiz, birinchi navbatda ONE ID tizimiga ulangan raqamingizni o‘zgartirishni unutmang!

Nima uchun bu juda muhim?  

ONE ID tizimi bilan bog‘langan raqamni o‘zgartirish shaxsiy ma’lumotlaringizni himoyalashga, shuningdek, turli hisoblaringizga ruxsatsiz kirishlarning oldini olishga yordam beradi. 

Shu bilan birgalikda, my.gov.uz orqali turli habarnomalar, to‘lov uchun hisoblar Sizning telefon raqamingizga jo‘natiladi. 

Axir, hozirda barchamiz muhim ma’lumotlarni turli ilovalarda, ijtimoiy tarmoqlarda, bank tizimlarida va boshqa xizmatlarda saqlaymiz. Bu ma’lumotlarning xavfsizligi har birimiz uchun dolzarb.

Shaxsiy ma’lumotlaringiz xavfsizligi avvalo o‘z qo‘lingizda ekanligini unutmang, mas’uliyatli bo‘ling! 

Telefon raqamini allaqachon o‘zgartirib, ONE ID tizimiga kiruvchi parolni unutgan bo‘lsangiz @idegovuzbek telegram profili orqali so‘rov yuborishingiz mumkin, tizim mutaxassislari mutlaqo bepul tarzda amaliy yordam ko‘rsatishadi.

ONE ID tizimiga bog‘langan raqamni o‘zgartirish tartibi bilan quyidagi videoqo‘llanma orqali tanishing:

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring