Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Telegram» androidlar uchun 1 milliard marotabadan ko‘proq yuklab olindi

«Telegram» androidlar uchun 1 milliard marotabadan ko‘proq yuklab olindi

Foto: «Android Police»

«Telegram» messenjeri android qurilmalar uchun 1 milliard marotabadan ko‘proq yuklab olindi, deb yozmoqda «Android Police».

Shu yil boshida «WhatsApp» foydalanuvchilar bilan shartnomalarni yangilashi va yaqinda «Facebook» ijtimoiy tarmog‘ining «qotib qolishi» fonida «Telegram» 70 million nafar atrofida yangi foydalanuvchilar orttirdi.

Biroq Amerika messenjeri hamon mutlaq yetakchi: «Google Play» orqali uni 5 mlrd. marotabadan ko‘proq yuklab olishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring