Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Telegramda yangilik: smartfondagi videoni televizor ham ko‘rsatadi

Telegramda yangilik: smartfondagi videoni televizor ham ko‘rsatadi

Foto: AirMore

Telegram messenjeriga Google Cast protokoli tatbiq etildi: u foto va videolarni smartfondan televizorga translyasiya qilish imkonini beradi. Bu haqda Beta Info telegram-kanali xabar berdi.

Hozircha yangi imkoniyat Telegramning androidlar uchun beta-versiyasida bor. Aytishlaricha, bu funksiya  chatlardagi foto va videolarni hamda kanallardagi mediafayllarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri katta ekranda ko‘rsatadi.

Fayllarni yoqish/o‘chirish bevosita Telegram ilovasidan boshqarilishi ham mumkin. Translyasiya funksiyasi Android yoki iPhone uchun messenejerning barqaror talqinida qachon paydo bo‘lishi hozircha noma’lum. Ayni paytda translyasiya funksiyasi faqat mediafayllarni tomosha qilish vositasida ishlamoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring