Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Telegrammalar o‘rniga telegramlar: Belgiyada 171 yillik tarixga ega telegraf yopiladi

Telegrammalar o‘rniga telegramlar: Belgiyada 171 yillik tarixga ega telegraf yopiladi

Telegrammalar o‘rniga telegramlar.

Foto: «Xabar.uz»

Belgiyada birinchi telegramma 1846-yili jo‘natilgandi – bu xabar Bryussel–Antverpen temir yo‘li bo‘ylab yotqizilgan liniya orqali uzatilgan. Oradan 171 yil o‘tdi – endi mamlakat telegrafdan voz kechmoqchi: eng oxirgi telegramma 29-dekabr kuni jo‘natiladi va tizim butunlay to‘xtatiladi.

Ammo Belgiya telegrafdan voz kechayotgan birinchi davlat emas. XIX asrning 30-yillarida telegraf ixtiro qilingan Buyuk Britaniya 1982-yildayoq undan voz kechgandi. AQSh 2006-yili, Hindiston 2013-yili telegrammalarni «to‘xtatgan».

Ha, mobil aloqa va internet-messenjerlar rivojlangan zamonda telegrammalarga o‘rin qolmayapti. Bu sertashvish jarayonga talab kam, buning ustiga qimmat: oddiygina misol, 20ta so‘zdan iborat shoshilinch telegrammani jo‘natish belgiyalik uchun deyarli 25 yevroga tusharkan. Shuning uchun ham telegrammalarning o‘rnini telegramlar egallayapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring