Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«TikTok» asoschilari smartfon chiqarishni boshladi

«TikTok» asoschilari smartfon chiqarishni boshladi

Foto: «ByteDance»

«ByteDance» («TikTok» ijtimoiy tarmog‘i shu kompaniyaga qarashli) Xitoyda «Jianguo Pro 3» nomi ostida birinchi smartfonini taqdim etdi.

Yangi qurilma ancha yaxshi texnik xususiyatlarga va «TikTok» bilan integratsiyalashgan servisga ega.

Smartfonda «TikTok» mobil ilovasidan ekranni blokdan chiqariboq foydalanishni boshlash mumkin. Bu smartfondagi «TikTok» yangi filtr va effektlar bilan ta’minlangan.

Qurilmaga kuchli Snapdragon 855 Plus protsessori, to‘rt moduldagi kamera (asosiysi 48 Mp), diagonali 6,39 dyuymli displey hamda 4000 mAs sig‘imli akkumulyator o‘rnatilgan.

Yangi smartfon Xitoyda 412 dollardan boshlab sotila boshlangan. Qurilma keyinchalik boshqa bozorlarda paydo bo‘lishi ham kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring