Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tish o‘stiradigan dorining klinik sinovlari sentyabrdan boshlanadi

Tish o‘stiradigan dorining klinik sinovlari sentyabrdan boshlanadi

Foto: Ferra

Kioto universiteti shifoxonasi shikastlangan tishlarni tiklovchi yangi dori vositasining klinik sinovlariga shu yilning sentyabridan kirishadi.

Sinovlar 2024-yilning sentyabridan 2025-yilning avgustigacha — bir yil davom etadi. Dori tishlarning o‘sishini to‘xtatuvchi gen bilan bog‘liq oqsilni faolsizlantirish hisobiga ta’sir ko‘rsatishi aytilmoqda.

Oldin sichqon va ko‘zan kabi jonivorlarda o‘tkazilgan tajribalar muvaffaqiyatli kechib, sezilarli yon ta’sirlar kuzatilmagandi.

Klinik sinovlarning birinchi bosqichida 30 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lgan, har birining kamida bittadan jag‘ tishi tushgan 30 nafar erkak qatnashadi.

Dori vena tomiri orqali yuboriladi. Klinik sinovlarning keyingi bosqichlarida tishlarida tug‘ma nuqsoni bor 2 yoshdan 7 yoshgacha bolalar hamda tishlaridan butunlay yoki qisman mahrum bo‘lgan katta yoshlilar qatnashadi.

Sinovlarga stomatologiya va molekulyar biologiya mutaxassisi Katsu Takaxasi boshchilik qiladi, u tishlarni o‘stirish usullari ustida 2005-yildan buyon izlanish olib bormoqda.

Yangi texnologiya keng qo‘llanilishiga, har qanday yoshdagi odamlarning tishlarini tiklashda yordam berishiga uning ishonchi baland. Yaponlarning tish o‘stiradigan dorisi tijoriy maqsadlarda uzog‘i bilan 2030-yilgacha ishlab chiqarilishi boshlanishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring